04.05.2026

Apollix mobil ilovasida elektromobil haydovchilari uchun yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Apollix Energy Technology elektromobil egalari uchun mobil ilova yangilanishini taqdim etdi.

Apollix mobil ilovasida elektromobil haydovchilari uchun yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Ulashish

Endi foydalanuvchilar yaqin atrofdagi quvvatlash stansiyalarini tezroq topishlari, bo‘sh portlarni ko‘rishlari va ilova orqali quvvatlashni oldindan band qilishlari mumkin.

Onlayn monitoring funksiyalari ham takomillashtirildi. Ilova real vaqt rejimida akkumulyator quvvati darajasini, stansiya quvvatini, sessiya narxini va qolgan quvvatlash vaqtini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar uchun tranzaksiyalar tarixi, zaryadlash tugagani haqida bildirishnomalar va xavfsiz onlayn to‘lov tizimi mavjud.